Qozoğistondan don eksporti bir yil içida 55 foizga ösib, 9,8 million tonnadan oşdi, deb yozdi Tengrinews mamlakat Qişloq xöjaligi vazirligiga tayanib.

«Qozoğiston temir yöllari» AJ ma’lumotlariga köra, 2024 yil sentabrdan 2025 yil 10 avgustgaça bölgan davrda eksport hajmi 9,8 million tonnani taşkil etdi, bu 2023-2024 yillarning şu davriga nisbatan 55 foizga köpdir», deyiladi press-relizda.

Ta’kidlanişiça, ta’minot hajmining sezilarli darajada oşişi taşqi bozorlarda Qozoğiston doniga bölgan yuqori talabni aks ettiradi.

Vazirlik asosiy yönalişlar böyiça yetkazib beriş dinamikasini keltirib ötdi.

Şunday qilib, Qozoğiston donining Özbekistonga eksporti 2,75 million tonnadan 3,7 million tonnagaça, ya’ni 34,4 foizga oşdi. Tojikistonga yetkazib beriş 46 foizga ösib, bir yil avvalgi 960 ming tonna örniga 1,4 million tonnani taşkil etdi. Afğonistonga eksport hajmi 51,6 foizga oşib, 217 ming tonnadan 329 ming tonnaga yetdi. Qirğizistonga yetkazib beriş hajmi ikki baravarga oşdi: 131 ming tonnadan 262 ming tonnagaça. Eronga eksport hajmi 16 barobarga oşib, bir yil avvalgi 61 ming tonnaga nisbatan 974 ming tonnaga yetdi. Ozarboyjonga yetkazib beriş hajmi 121 barobarga oşib, 6 ming tonnadan 728 ming tonnaga yetdi.

2024 yilda yalpi don hosili 26,7 million tonnani taşkil etgan, bu Qozoğiston uçun rekord körsatkiçdir. Qozoğiston buğdoyini sotişning an’anaviy bozorlari röyxatiga Markaziy Osiyo mamlakatlari - Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, şuningdek, Afğoniston kiradi.