Jahon | 00:08 / 18.08.2025
3969
1 daqiqa o‘qiladi

Vashingtonga qo‘shni shtatlardan milliy gvardiya kuchlari jo‘natiladi

Prezident Donald Trampning farmoyishiga muvofiq, 13 avgustdan boshlab Vashingtonga milliy gvardiya bo‘linmalari yetib kelmoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, gvardiyachilar poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlariga jalb etiladi.

Foto: The Washington Post

AQShning uchta shtati gubernatorlari yaqin kunlarda milliy gvardiya qo‘shinlarining bir qismi Vashingtonga jo‘natilishini e’lon qildi. 

The Washington Post nashrining xabar berishicha, poytaxtga Janubiy Karolina, Ohayo va G‘arbiy Virjiniya shtatlari milliy gvardiyachilari yuboriladi.  

Janubiy Karolina gubernatori Henri Makmaster «poytaxtda qonun va tartibni tiklashda prezident Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun» 200 nafar gvardiyachini yuborishini aytdi. Ohayo gubernatori Mayk Devayn yaqin kunlar ichida 150 nafar, Janubiy Virginiya gubernatori Patrik Morrisi 300-400 nafar milliy gvardiya xizmatchilari Vashingtonga jo‘natilishini bildirdi. 

Prezident Donald Trampning farmoyishiga muvofiq, 13 avgustdan boshlab Vashingtonga milliy gvardiya bo‘linmalari yetib kelmoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, gvardiyachilar poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlariga jalb etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid