Hamas Isroil bilan 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi. Unga köra, Ğazoda uşlab turilgan garovdagilarning yarmi ozod qilinadi va Isroil ayrim falastinlik mahbuslarni qöyib yuboradi. Bu haqda Misr rasmiy manbasiga tayanib Reuters naşri xabar bermoqda.
Hamasning yuqori lavozimli rasmiysi Basem Naim guruhning roziligini tasdiqladi. Hamas şuningdek, falastinlik boşqa guruhlar ham vositaçilarga öz roziliklarini bildirganini ma’lum qildi.
Isroil taklifga rasmiy javob bermagan, biroq bir rasmiy uning qabul qilinganini tasdiqlagan. Misr va Qatar AQŞ qöllovi bilan tomonlar örtasida vositaçilik qilmoqda.
Isroil boş vazir idorasi tarqatgan videoda Benyamin Netanyahu «Men ham siz kabi ommaviy axborot vositalaridan xabarlarni eşityapman. Ulardan keladigan asosiy taassurot şuki, Hamas ulkan bosim ostida», degan.
Reutersʼning misrlik manbasiga köra, Hamas qabul qilgan taklif Isroilning harbiy harakatlarini 60 kunga töxtatiş va deyarli ikki yil davom etayotgan uruşni tugatişga oid kengroq kelişuv uçun asos yaratişni nazarda tutadi.
Bu taklif AQŞ maxsus elçisi Stiv Uitkoff ilgari taqdim etgan va Isroil qabul qilgan rejaga juda öxşaydi.
Ma’lum qilinişiça, vositalar yakşanba kuni Qohirada Hamas vakillari bilan uçraşdi. Duşanba kuni Qatar boş vaziri Abdurahmon As-Soni ham muzokaralarga qöşilib, Misr prezidenti as-Sisi va Hamas vakillari bilan uçraşdi.
Isroil bosqinining yangi tölqini
Isroil bu oy boşida Ğazo şahrini nazoratga oliş rejasini ma’qullagan edi. Rasmiylar bu jarayonni boşlaş haftalar talab etişi mumkinligini aytib, sulhga imkon qoldirişgan. Biroq Netanyahu uning «juda tez» boşlanişini va Hamasning mağlubiyati bilan yakunlanişini ta’kidlagan.

Isroilning Ğazo şahrini töliq nazoratga oliş rejasi çet elda ham, mamlakat içkarisida ham xavotir uyğotdi. Xususan, 17 avgust kuni yuz minglab isroilliklar uruş boşlangandan beri eng katta norozilik namoyişlaridan birini ötkazib, janglarni tugatiş va garovda saqlanayotgan 50 kişini ozod qiliş böyiça kelişuv talab qildi. Isroil rasmiylariga köra, ulardan 20 nafari tirik.



















