Azon vaqfi kengaşi raisi va Azon Global axborot-tahliliy portali asosçisi, Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan taniqli diniy ulamo Alişer Tursunov joriy yil 8 may kuni Istanbuldagi öz uyidan gumonlanuvçi sifatida olib ketilgan. Bu haqda diniy olimning öziga tegişli Azon Global naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, şu kunning özida advokatlar iştirokida dastlabki suriştiruv ötkazildi. Advokatlarga bildirilgan oxirgi ma’lumotga köra, suriştiruvdan söng Mubaşşir Ahmad Istanbuldagi Deportatsiya markaziga (Geri Gönderme Merkezi – GGM) ötkazilişi, ertasiga – 9 may kuni u yerdan qöyib yuborilişi kerak edi.

«Ammo oradan 4 kun ötgan bölsa-da, Immigratsiya boşqarmasi (Göç İdaresi) domlaning qayerdaligi, soğliği va sud jarayoni haqida advokatlariga ham, yaqinlariga ham heç qanday ma’lumot bermayapti. Vaholanki, Turkiya qonunçiligiga köra, nazoratda uşlab turilgan şaxsning oilasiga bu haqida ma’lumot berilişi, uning öziga ham yaqinlari bilan muloqot qilişga izn etilişi belgilab qöyilgan.

Hozirgaça hatto advokatlari ham domladan biror xabar ololmayotganidan, aqalli qayerda saqlanayotganini ham bilolmayotganidan oilasi va yaqinlari asosli ravişda xavotirga tuşmoqda. Boisi, ustoz Mubaşşir Ahmad uzoq yillardan beri qandli diabet va yuqori qon bosimidan aziyat çekib keladi hamda muntazam ravişda insulin va boşqa dorilar qabul qilişga majbur», — deyiladi bayonotda.

Şuningdek, naşr bu masalada yangilik bölişi bilan jamoatçilikni xabardor qilişini yozgan hamda tarqalişi mumkin bölgan har qanday asossiz xabarlarga e’tibor bermaslikni söragan.

Hozirça Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi va Istanbuldagi Boş konsulxona holat yuzasidan munosabat bermadi. Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Kun.uz’ga bergan izohida holatga aniqlik kiritib, ma’lumot berişini bildirdi.

Turkiyalik advokat va qoçoqlar huquqlari himoyaçisi Ibrohim Erginning yozişiça, Mubaşşir Ahmad Özbekistonga deport qilingan bölişi mumkin. Uni 9 may kuniyoq şoşilinç tarzda deportatsiya qilişmoqçi bölişgan, lekin jamoatçilik aralaşuvi tufayli Edirnega jönatilgan.