Blogerlarga qonunbuzarlik böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib sudga yuborildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi axborot xizmati.
Qayd etilişiça, xorijga viza oliş va işga jönatiş bilan şuğullanuvçi sub’yektlar haqidagi reklama-axborotlar böyiça ötkazilgan örganişlarda ijtimoiy tarmoqlardagi @iwash_tashkent sahifasini yurituvçi bloger O.Jörayev hamda @abdurahmonmufid sahifasini yurituvçi bloger A.Abduraxmonovlar tomonidan “ADWorld Group” MÇJ faoliyatiga oid xorijga işga yuboriş xizmatlari haqida reklama-axborotlarini joylaştirib, fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga işlaş uçun yuboriş böyiça xizmatlar bilan şuğullanib kelayotganligi reklama qilinganligi aniqlandi.
“Reklama töğrisida”gi qonuning 16-moddasida işlab çiqarilişi va (yoki) realizatsiya qilinişi uçun tegişli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlaştiriş guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bölmagan tovarlarni reklama qiliş taqiqlangan. “ADWorld Group” MÇJda tegişli litsenziya bölmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda öz bloglarini yurituvçi fuqarolar O.Jörayev va A.Abduraxmonovlarga nisbatan qonun buziliş holati böyiça ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomalar rasmiylaştirilib, sudga yuborildi.
Kun.uz suriştiruvdan söng: ADVorld ta’sisçisi Dilmurod Yusupov qamoqqa olindi

















