Xorijga işga jönatiş va’dasi bilan litsenziyasiz faoliyat yuritib, yuzlab odamlarni çuv tuşirgan ADWorld firmasi mansabdorlariga nisbatan tergov ketmoqda. Avvalroq Kun.uz suriştiruvidan keyin firma rahbari Dilmurod Yusupov qamoqqa olingan edi.

Avvalroq ADWorld firmasini reklama qilgan bloger Jahongir Latipov jabrlanganlarning 5 nafariga 500 dollardan pul bergandi. Kuni keça firmani faol reklama qilgan boşqa bir bloger Otabek Jörayev (iWash) ham şunday yöl tutdi.

Jörayev özining BMW avtomobilini sotib, tuşgan puldan 18 ming dollarini ADWorld firmasi bergan röyxat böyiça jabrlanuvçilarga taqsimlab bergan.

Eslatib ötamiz, bugun, 22 avgust kuni Raqobat qömitasi blogerlar Otabek Jörayev va Abdurahmon Abdurahmonovni litsenziyasi yöq firmani reklama qilgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortganini ma’lum qildi.