Turkiya taşqi işlar vazirligi Ğazodagi oçarçilikka Isroilning şu paytgaça sodir etib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquqni buzayotgani jazolanmay qolayotgani sabab bölganini bildirdi.
Vazirlik bayonotida ta’kidlanişiça, BMT qöllovidagi IPC kuzatuv guruhi tomonidan Ğazodagi oçarçilik töğrisidagi hisoboti «Netanyahu hukumatining genotsid siyosati va Ğazodagi falastinliklarga nisbatan munosabati keltirib çiqargan gumanitar falokat kölami naqadar kengligini bildiradi».
«Şu paytgaça sodir etib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquqni buzayotgani jazolanmay qolayotgani Isroilni ruhlantirmoqda va telbaga aylantirmoqda», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq BMT qöllovidagi IPC kuzatuv guruhi Ğazoda 514 ming falastinlik oçarçilikdan aziyat çekayotgani, bu körsatkiç sentabr oxiriga borib 641 ming kişiga yetişi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

















