Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rostov oblastidagi zavodda chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun aholi suvsiz qoldirildi
35 ming kishi yashovchi Krasniy Sulin shahridagi neftni qayta ishlash zavodida dronlar hujumidan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirish uchun butun shaharda suv o‘chirib qo‘yilgan.
Novoshaxtinsk | Segodnya
Rostov oblastida uch kundirki Novoshaxtinskiy neft mahsulotlari zavodida 21 avgustga o‘tar kechasi Ukraina dronlari hujumidan keyin boshlangan yong‘inni o‘chirib bo‘lmayapti. Ukrainaning Exilenova+ telegram-kanali 23 avgust kuni yana bir rezervuar yong‘in ichida qolganini xabar qildi.
35 mingga yaqin aholi yashovchi Krasniy Sulin shahrida shu kuni neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘inni o‘chirish uchun rezervuarlarni to‘ldirish maqsadida suv ta’minoti to‘xtatilgan. Rostov oblasti uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Antonina Pshenichnaya o‘z telegram-kanalida ma’lum qilishicha, «arizalar bo‘yicha suv yetkazib berish tashkil etilgan». Avvalroq Pshenichnaya Novoshaxtinsk va unga qo‘shni qishloqlarda yong‘inni o‘chirish uchun «suv ta’minoti tizimidagi suv bosimi vaqtincha pasaytirilgani» haqida xabar bergandi.
Novoshaxtinsk ustida yong‘in tufayli tutun buluti paydo bo‘lgan. Biroq shahar rahbari Sergey Bondarenko havodagi xavfli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi oshmaganini aytdi. Shahar aholisi postga izohlarda «nafas olib bo‘lmay qolgani»ni yozgan, Bondarenko bunga javoban «shahar havosi tozaligi va muammo yo‘qligini da’vo qilmasligi», lekin «faqat rasmiy, tasdiqlangan ma’lumotlar»ni aytishini bildirgan.
Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodi – Rossiya janubidagi eng yirik neft mahsulotlari zavodlaridan biridir. 2021 yilgacha u «Putinning oshnasi» deb ataladigan ukrainalik sobiq siyosatchi Viktor Medvedchukning oilasi bilan bog‘langan.
Ukraina dronlari Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga muntazam zarbalar berib kelmoqda. Xususan, 23 avgust kuni Krasnodar oblasti hukumati neftni qayta ishlash korxonalari joylashgan Ilskiy va Afipskiy aholi punktlari yaqinida dronlar urib tushirilganini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Hujumlar tufayli neftni qayta ishlash zavodlari o‘z faoliyatini qisman yoki butunlay to‘xtatadi, bu esa boshqa narsalar qatori benzin narxi oshishiga olib keladi.
Mavzuga oid
16:39 / 02.11.2025
Ukraina Tuapse porti va Rossiyaning turli hududlaridagi elektr podstansiyalariga hujum qildi
17:56 / 26.10.2025
Rossiya qatorasiga ikkinchi tunda Kiyevni o‘qqa tutdi
13:40 / 22.10.2025
Rossiya Ukraina bo‘ylab zarbalar berdi – fotolar
22:08 / 10.10.2025