Rossiya Boş prokuraturasi International Baccalaureate jamğarmasini «nomaqbul» deb tan oldi. Boş qarorgohi Şveytsariyada joylaşgan taşkilot maktablar uçun ta’lim dasturlarini işlab çiqadi.
Jamğarma maktab bitiruvçilariga 5000 ta oliy öquv yurtlaridan biriga öqişga kirişda yordam berişni taklif qiladi, deya xabar beradi Rossiya mahkamasi. Unga köra, uşbu ta’lim muassasalarida bilim oliş jarayoni «tarixiy faktlarni buzib körsatiş va millatlararo adovatni qözğatiş bilan birga keçmoqda». Rossiya Federatsiyasidan abituriyentlarga «taqiqlangan ekstremistik guruhlar mafkurasiga asoslangan noan’anaviy qadriyatlar singdirilmoqda», deyiladi Boş prokuratura bayonotida. Idora ma’lumotlariga köra, jamğarmaning asl maqsadi «rossiyalik yoşlarni Ğarb şablonlari böyiça formatlaş»dir.
International Baccalaureate jamğarmasi 1968 yilda taşkil etilgan. U maktablarga 3 yoşdan 19 yoşgaça bölgan bolalar uçun törtta xalqaro ta’lim dasturlarini taklif qiladi. Rossiyada, taşkilot ma’lumotlariga köra, dasturlar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Vladivostokdagi bir qator ta’lim muassasalarida qöllanadi.
Rossiyada 2012 yildan beri «nomaqbul» taşkilotlar töğrisidagi qonunçilik amal qiladi. Röyxatga 250 dan ortiq taşkilot kiritilgan.

















