Rossiya iqtisodiyoti «oğir kunlarni» boşdan keçirmoqda, Moskva esa Ukrainaga davom etayotgan bostirib kirişi uçun Yevropa Ittifoqi kiritgan sanksiyalar tufayli özining harbiy-sanoat kompleksini moliyalaştiriş uçun pul yöqotmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas 27 avgust, çorşanba kuni çop etilgan Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi 19-sanksiya paketi ustida işlaşni davom ettirayotganini qayd etdi. Kallasning ta’kidlaşiça, Rossiya Federatsiyasining «soya floti»ga qarşi oldingi çeklovlar «Rossiyaning Boltiq va Qora dengizlar orqali neft taşişdan keladigan daromadini bir hafta içida 30 foizga qisqartirdi». 

«Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Rossiya milliardlab dollar yöqotdi. Bu mablağlar endi Rossiya harbiy maşinasini moliyalaştiriş uçun mavjud emas», deb davom etdi Kallas.