Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida odamlarning «millatini aniqlovçi» kameralar işlay boşladi. Bu haqda Axborotlaştiriş va aloqa qömitasi raisi örinbosari Igor Nikonov ma’lum qildi.
«Bizda tahlilning bir turi bor - irq va millatning bir neçta turlarini aniqlaş. Olti xil. Bu şaharning ma’lum hududlarida ma’lum guruhlarning töplanişini aniqlaş imkonini beradi. Uşbu ma’lumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tegişli qarorlar qabul qiladi», dedi u.
Nikonov sözlariga köra, politsiya bunday tizim orqali migrantlar töplangan joylarni kuzatişi va «rezina» kvartiralarni aniqlaşi mumkin. Ayni paytda 50 mingga yaqin kamera etnik mansublikni aniqlaş funksiyasi bilan jihozlangan, biroq hozirça aniq natijalar yöq.
«Jinoyatlarni oçiş böyiça statistika faqat yil oxirida aniqlanadi», deb aniqlik kiritdi Nikonov.
Uning sözlariga köra, tizim taşqi körinişning oltita şartli toifasini tanib olişga qodir: Kavkaz, Şarqiy Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalari aholisi, şuningdek, yevropaliklar, osiyoliklar va negroid irqi vakillari.
Sankt-Peterburg rasmiylarining bunday kameralarni örnatiş rejalari haqida 2025 yil fevral oyida xabar berilgan edi. Şunda şahar millatlararo munosabatlar qömitasi rahbari Oleg Kapitanov sakkiz mingta köça kamerasida «şaxsning etnik mansubligini aniqlaş» funksiyasi paydo bölişini aytgan edi.

















