Özbekiston prezidenti 19 avgust kuni “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” farmon imzoladi. Farmon 23 avgustdan kuçga kirdi.

Unga köra, 2025 yil 1 oktyabrdan boşlab quyidagi xorijiy taşkilotlar tomonidan röyxatdan ötkazilgan dori vositalari Özbekiston Respublikasida tan oliş orqali davlat röyxatidan ötkaziladi:

  • mazkur farmon kuçga kirgan sanaga qadar Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti röyxatiga kiritilgan tartibga soluvçi organlar (WHO Listed Authorities);
  • Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Global taqqoslaş vositasi (Global Benchmarking Tool) böyiça yetuklikning 4-darajasidagi (Maturity Level 4) tartibga soluvçi organlar.

2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • tibbiy buyum va tibbiy texnikalar tibbiy jihozlar sifatida davlat röyxatidan ötkaziladi;
  • tibbiy jihozlar inson hayoti bilan boğliq bölgan ehtimoli yuqori xavflarni hisobga olgan holda 4 ta xavfsizlik darajasiga köra tasniflanadi;
  • tibbiy jihozlarni davlat röyxatidan ötkaziş inson hayotiga ehtimoli yuqori bölgan xavflarni inobatga olgan holda tabaqalaşgan talablar asosida amalga oşiriladi;
  • tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat röyxatidan ötkaziladi (inson hayotiga ehtimoli past bölgan xavf sinfiga mansub, tan oliş orqali davlat röyxatidan ötkaziladigan va röyxati Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tibbiy jihozlar bundan mustasno).

Bundan taşqari, 2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilar dori vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va röyxatdan ötkazilganlik guvohnomasining amal qiliş muddatini uzaytiriş uçun