Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro qo‘lga olinib, ulardan qo‘shni Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.