Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro B.X. ariza muallifi L.E.ga Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi sobiq harbiy qism bino inshootlari joylashgan 12,7 gektar yer maydonini 600 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan bo‘nak (avans) sifatida 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.











