O‘zbekiston | 12:19 / 29.08.2025
3226
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yurtning qadimgi tarixidan to bugunigacha bo‘lgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolar siymolari aks etgan mazkur majmua mustaqillik ramziga aylangan. Uning eng yuqori qismidagi humo qushi mamlakat gerbi, xalqning ezgu qadriyatlarini ifodalaydi.

Davlat rahbari mazkur monument ona vatan, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalq sharafiga bunyod etilgan buyuk obida ekanini ta’kidlagan edi.

Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Mavzuga oid