Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 5 ta xususiy universitetga faoliyatini kengaytiriş uçun ruxsat berilganini “texnik nosozlik” oqibati deb e’lon qildi. Adliya vazirligi esa tegişli tizimda nosozlik bölganini rad etdi.
Oliy ta’lim vazirligiga köra, 29 avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gaça license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, körib çiqiş muddati tugamagan arizalar böyiça ayrim nodavlat oliy ta’lim taşkilotlarining amaldagi litsenziyalariga özgartiriş kiritiş haqidagi sörovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar şakllantirilgan.
“Mazkur holat texnik xatolik hisoblanib, hozirda uning sabablari tegişli idoralar bilan hamkorlikda çuqur örganilmoqda. Yakuniy xulosalar böyiça qöşimça ma’lumot jamoatçilikka taqdim etiladi”, – deyiladi bayonotda.
Lekin Adliya vazirligi yuqoridagi iddaoni rad etdi.
“Lisenziya” axborot tizimi (license.gov.uz)da texnik nosozliklar hamda ruxsat etilmagan harakatlar kuzatilmagan va tizim ştat rejimida işlab turibdi”, – deyiladi adliya organi bayonotida.
Qonunga köra, Adliya vazirligi – vakolatli organlar tomonidan litsenziyalaş tartibiga qançalik rioya etilayotganini örganib boriş vakolatiga ega.
Gap qaysi OTMlar haqida ketyapti?
Oliy ta’lim vazirligi quyida nomlari keltirilgan ta’lim taşkilotlariga yangi ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklari, ta’lim şakllari va faoliyat manzillari böyiça qabul jarayonlarini taşkil etiş uçun 29 avgust kuni heç qanday ruxsat berilmaganini aytmoqda:
- “University of Business and Science” MÇJ – masofaviy ta’lim şakllariga;
- “Osiyo xalqaro universiteti” MÇJ – ayrim masofaviy ta’lim şakllariga hamda Xorazm viloyati, Urganç şahridagi yangi faoliyat manziliga;
- “Iqtisodiyot va pedagogika universiteti” NTM – tibbiyot yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari, masofaviy ta’lim şakllari hamda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi yangi faoliyat manziliga;

















