Moskva va Kiyev örtasida davlat rahbarlari darajasidagi tinçlik muzokaralari ertami-keçmi bölib ötadi va Ukraina tomoni ğalaba qozonadi, dedi Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak 29 avgust, juma kuni DW naşriga bergan intervyusida. «Hozir biz sörayapmiz – Rossiyani muzokaraga undang, şunda körasiz: biz muzokaralar stolida ğolib bölamiz», dedi u. Yermak Nyu-Yorkda AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan uçraşdi.
Uning sözlariga köra, Nyu-Yorkda u Uitkoffni Kiyev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasida, 18 avgust kuni Vaşingtonda bölib ötgan Zelenskiy va Trampning ikki tomonlama uçraşuvi çoğida, şuningdek, Yevropaning bir qança davlatlari rahbarlari iştirokida muhokama qilingan uçraşuvini ötkazişga tayyor ekanligiga işontirgan.
«Biz bu davrda sodir bölgan voqealarni muhokama qilişimiz kerak edi. Afsuski, bunday muvaffaqiyatli muzokaralardan söng (Vaşingtonda) Rossiyadan Oq uyda muhokama qilingan ikki tomonlama uçraşuvni taşkil etişga tayyor ekanligi haqida heç qanday signalni körmayapmiz. Albatta, Ukraina tomonining konstruktiv hamkorlikka tayyorligini yana bir bor ta’kidlaş va tasdiqlaş muhim edi», dedi Yermak.

















