Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak 29 avgust, juma kuni Nyu-Yorkda mamlakat taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Sergey Kislitsa bilan birgalikda AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan uçraşdi. Muzokaralarning asosiy maqsadi, Yermakning sözlariga köra, «haqiqiy diplomatiyani rivojlantiriş», Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uçraşuvida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişni muvofiqlaştiriş edi. 

«Uçraşuv avvalida men Stiv Uitkoffga Rossiyaning Ukrainadagi şahar va jamoatlarimizga qarşi har kuni sodir etayotgan harbiy jinoyatlari haqida ma’lumot berdim. Xususan, Kiyevga 23 kişi, jumladan, tört nafar bolaning hayotiga zomin bölgan yirik raketa va dron hujumi haqida gapirdim», — deb yozgan Yermak X ijtimoiy tarmoğida.

Ukraina prezidenti devoni rahbarining qayd etişiça, Rossiya uruşni tugatiş uçun zarur heç narsa qilmayapti va jangovar harakatlarni uzaytirmoqda. Şu bilan birga, Ukraina Donald Tramp va barça hamkorlarning imkon qadar tezroq barqaror tinçlikka erişiş borasidagi qat’iyatini qöllab-quvvatlaydi. «Ukraina Qöşma Ştatlar tomonidan taklif qilingan barça tinçlik taşabbuslarini olqişlaydi. Lekin, afsuski, ularning har biri Rossiya tomonidan töxtatilmoqda», — deya qöşimça qildi Andrey Yermak.