Mamlakat diplomatik missiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Dammam shahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmush o‘rtog‘ining g‘ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan vatandosh R.G. O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston elchixonasi va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida R.G.ning Saudiyadan chiqishi uchun viza rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng, u "Dammam-Sharja-Toshkent" aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.