Prezidentning «Telekommunikatsiya sohasida tartibga soliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş agentligi taşkil etilgan bölib, u operatorlar va provayderlar körsatayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini monitoring qiladi.

Hujjat bilan telekommunikatsiya sohasini tartibga soliş agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlangan bölib, unda quyidagilar belgilangan:

  • agentlik faoliyatini taşkil etişning asoslari va tartibi;
  • agentlikning asosiy vazifa va funksiyalari;
  • agentlik faoliyati samaradorligini baholaş tartibi va mezonlari;
  • agentlik faoliyatini moliyalaştiriş va moddiy-texnik ta’minlaş, uning xodimlariga mehnat haqi tölaş va moddiy rağbatlantiriş tartibi.

Agentlikning asosiy vazifalari:

  • telekommunikatsiya sohasidagi faoliyat va munosabatlarni tartibga soliş;
  • telekommunikatsiya sohasida yuridik şaxslar faoliyatiga litsenziya va ruxsat beriş;
  • telekommunikatsiya tarmoqlari va inşootlarini quriş böyiça loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiluvçi yuridik şaxslarni akkreditatsiyalaş;
  • telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini, şuningdek tarmoqlararo ulanişlar tariflarini tartibga soliş;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytiriş tizimini rivojlantiriş;
  • global axborot tarmoğining milliy segmenti manzil fazosidan foydalaniş tartibini işlab çiqiş, domen nomlari tizimini belgilaş;
  • telekommunikatsiya uskunalarini markirovkalaş;
  • universal xizmatlar röyxati va ularning sifatiga qöyiladigan talablarni belgilaş;
  • operatorlar va provayderlar uçun teng şart-şaroitlar ta’minlaşga kömaklaşiş;
  • erkin raqobat asosida telekommunikatsiya xizmatlari bozorini şakllantiriş va rivojlantirişga kömaklaşiş va boşqalar.