29 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan quriliş sohasi vakillari bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Tadbirda söz olgan quruvçi Usmonjon Abdusamatov ruxsatnomalar oliş va kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş vaqtidagi korrupsiyadan şikoyat qildi.

“Köp joyda muammo bölyapti. Misol uçun, men yaşaydigan hududda yer 100 ming dollar turadi. Şunga bitta taklif. Xufiyona iqtisodiyotga buning töğridan töğri ta’siri bor. “Dom” qurilişiga yer sotib olamiz-da, u yerning narxini kirita olmayapmiz, haqiqiy narxini. Şunga bu tizimga kiritiş kerak böladi. Har bitta hududning narxi bor. Masalan, bir sotix yer uçun Mirzo Uluğbek tumanida 100 ming dollar, Sergeli tumanida 40 ming dollar, Çorsu hududida 50 ming dollar narxni kiritib, töğrilab qöyiş kerak. Buning kvartiraga keyinçalik ta’siri bor”, – dedi tadbirkor.

Abdusamatovning sözlariga köra, muammolar sotib olingan yerga ruxsatnoma oliş bosqiçidanoq boşlanadi.

“Yerni sotib oldik. Ana endi ruxsatnoma oliş kerak. Ruxsatnomaga “zayavka” taşlayapmiz – “otkaz”. “Zayavka” taşlayapmiz – “otkaz”. Toki haligi manziliga borib, “assalomu alaykum” bölmagunça (tadbirkor qöli bilan pul sanaş işorasini qiladi – tahr.). Töğri gapni gapirişimiz kerak. Bu töğridan töğri ertangi xarajatimizga ta’sir qilyapti. Misol uçun, bitta uyni 500 ming dollarga kötarayotgan bölsak, kimgadir 50 ming, kimgadir 100 ming, kimgadir 20 ming bölib, u öşa joyga minib qolyapti”, dedi u.

Quruvçi mutasaddilardan arizalarning asossiz rad etilişiga qarşi çora körişni söradi.

“Mana bu odam kompyuterda ötiribdi, men ariza taşladim, „otkaz“ bosdi. Javob bersin: nimaga „otkaz“ bosdi? Şuni javobgarlikka tortiş çorasini köriş kerak. Nimaga sen 5 marta „otkaz“ qilgandan keyin, 6-safarda ma’qullading? Öşa ariza, öşa ariza. Öşa korxona, öşa korxona.

Keyin, kadastr töğrisida hozir gapirişdi. Nima uçun kadastr? Biz ariza taşlaganimizdan keyin, yer sotib oldik. Kadastr hujjat yiğindisini qilib, arxitekturaga çiqarib yuboradi. Şu jarayonda ham kadastr juda katta muammo qilyapti. Mening özimning korxonalarimda 10 martalab qaytib kelgan arizalar bor. Öşa arizalarni qaytargan odamlarga qandaydir jazo çorasi qöllaş kerak”, dedi Abdusamatov.