Germaniyaning sobiq kansleri Gerhard Şryoder 17 oktyabr kuni «Şimoliy oqim-2» gaz quvuri qurilişi holatlarini örganayotgan Meklenburg-Old Pomeraniya federal yeri landtagi (parlamenti) komissiyasiga körsatma berişi mumkin. Bu haqda 3 sentabr, çorşanba kuni Şryoderning advokatiga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

Şryoder Şverinda yiğilayotgan komissiyaga Hannoverdagi ofisidan video-aloqa orqali guvohlik berişi kutilmoqda. Sobiq kanslerning advokati zalda bölgan matbuot va taşrif buyuruvçilar körsatmani videoga olmasligi şartini qöydi. Advokat, şuningdek, protsedurani ertalabki soatlarga belgilaşni söradi, çunki uning 81 yoşli mijozi «tuşdan keyin ertalabki kabi konsentratsiya bilan guvohlik bera olmaydi». 

«Janob Şryoderning oçiq söroq qilinişi yaxşi, ayniqsa u sotsial-demokratik «Şimoliy oqim 2/Iqlimni himoya qiliş jamğarmasi» böyiça operatsiyani yoritişda juda muhim guvoh bölganligi sababli», — dedi landtag komissiyasi rahbari Sebastyan Elers. U tergov taşabbuskorlaridan biri bölgan Xristian-demokratik ittifoq vakili.