Germaniyaning har uçinçi katta yoşli fuqarosi (32 foiz) migratsiya va qoçqinlarni mamlakat rasmiylari, avvalo, hal qilişi kerak bölgan eng muhim muammo, deb hisoblaydi. Bu haqda jamoatçilik-huquqiy ARD telekanali buyurtmasi bilan Infratest dimap instituti har oy ötkazadigan Deutschlandtrend sörovnomasining 6 noyabr kuni e’lon qilingan natijalari guvohlik beradi.
Ikkinçi eng dolzarb muammo sifatida nemislar iqtisodiyotdagi vaziyatni körsatdi. Buni ta’kidlagan respondentlar uluşi iyuldan beri 7 foiz punktga oşib, 28 foizga yetdi. Bundan taşqari, ijtimoiy adolatsizlik (18 foiz), şuningdek, atrof-muhit va iqlim (14 foiz) tez-tez tilga olindi — har ikki mavzu böyiça körsatkiç iyulga nisbatan yana 2 punktga ösgan.
Köplab Germaniya fuqarolarining fikriça, sönggi ön yilda, ya’ni 2015 yildan buyon mamlakatda iqtisodiy vaziyat (minus 56 foiz punkt), GFRning taşqi siyosiy örni (minus 36 punkt) va ijtimoiy barqarorlik (minus 37 punkt) sezilarli darajada yomonlaşgan.
Sörovda qatnaşgan nemis saylovçilarining bor-yöği 38 foizi “Germaniyaning taşqi siyosiy vaziyati”ni “juda xavfsiz” yoki “ança xavfsiz” deb baholagan — bu 2015 yil yanvar oyiga nisbatan 36 punktga kam. Germaniyaning jahon iqtisodiyotidagi holati haqida öylamaydiganlar 29 foizgina, şu bilan birga 69 foiz uni “ança beqaror” yoki “juda beqaror” deb köradi.
Hozirda respondentlarning çorak qismiga yaqini — 27 foiz — öz bolalarining kelajagini xavfsiz yoki juda xavfsiz deb baholaydi, 10 yil avval bu körsatkiç deyarli ikki baravar yuqori — 51 foiz edi.
Sörov qatnaşçilarining deyarli yarmi (48 foiz) jamoat joylarida — köçalar, maydonlar, boğlar, şuningdek, poyezd va avtobuslarda özini xavfsiz his qilmaydi. 2017 yilda bu körsatkiç taxminan ikki baravar past edi. Respondentlarning 50 foizi jamoat joylarida “ança xavfsiz” yoki “juda xavfsiz” ekanini aytdi. Bu bilan ayollar örtasida xavf hissi erkaklarga nisbatan yuqoriroq (53 foizga qarşi 43 foiz).
ARD-Deutschlandtrend sörovida 3–5 noyabr kunlari telefon va internet orqali 18 yoşdan yuqori, saylov huquqiga ega 1300 nafar fuqaro iştirok etdi.

















