Kolbasa, çips, gazli içimliklar, konserva hamda yarim tayyor taomlar köpçilikning kundalik dasturxonida uçraydi. Ular taşqi körinişi va ta’mi bilan köngilni rom etsada, umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir körsatmaydi. Xususan, bu turdagi mahsulotlar oşqozonni töydirişi mumkin, biroq organizmga zarur bölgan tabiiy moddalar bilan ta’minlamaydi. Oqibatda insonda turli kasalliklar yuzaga kelişi xavfi oşadi. Uşbu maqolada qayta işlangan mahsulotlarning tarkibi, ularning zararli jihatlari hamda yurak, jigar, oşqozon, endokrin va asab tizimiga qanday ta’sir körsatişi haqida söz boradi.
Qayta işlangan mahsulot nima?
Tabiiy oziq-ovqatning dastlabki körinişi özgartirilgan, unga qöşimça moddalar qöşilgan yoki işlab çiqariş jarayonida tarkibiy qismi buzilgan ovqat turi. Oddiy qilib aytganda, bunday mahsulot inson iste’mol qilişidan oldin bir neça bosqiçli texnologik qayta işlovdan ötadi. Ularga quyidagilar kiradi:
- Uzoq muddat saqlanişi uçun konservantlar qöşilgan yeguliklar: kolbasa, konservalar, qadoqlangan şarbatlar.
- Xaridorgir va körinişi jozibali bölişi uçun böyoqlar va ta’m kuçaytiruvçilar bilan boyitilgan mahsulotlar: çips, gazli içimliklar, tez tayyorlanadigan şirinliklar.
- Qayta işlab çiqarilgan yeguliklar: oq non, rafinatsiyalangan şakar, yoğ, tezpişar makaronlar.
Qayta işlangan mahsulotlarning afzalligi şundaki, saqlaş muddati uzoq, taşişda qulay va tez tayyorlanadi. Lekin ularning organizm uçun foydasi kam, kaloriya miqdori yuqori böladi.

Zararli jihatlari
Avvalo, bunday mahsulotlarda trans-yoğ va tuz juda köp. Çips, kolbasa, sosiska yoki tez tayyorlanadigan ovqatlar tarkibidagi trans-yoğlar organizmda “yomon” xolesterinni oşiradi, “yaxşi” xolesterinni esa kamaytiradi. Oqibatda qon tomirlari tiqilib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi. Bundan taşqari, ortiqça tuz iste’moli qon bosimini kötarib, gipertoniya, insult va yurak yetişmovçiligi kabi kasalliklarga zamin



















