Yevropa Komissiyasi (YeK) Braziliya, Argentina, Urugvay va Paragvayni o‘z ichiga olgan Janubiy Amerika davlat assotsiatsiyasi Mercosur bilan bahsli savdo bitimini ratifikatsiya qilish jarayonini boshladi. YeI kelishuv matnini rasman tasdiqladi va uni YeI Kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi.

«Kelishuv savdo masalalari doirasidan ancha uzoqqa chiqadi. Bu Yevropa Ittifoqining har ikki tomonni mustahkamlovchi ittifoqlar qurish majburiyatiga misoldir», — dedi Yevropa tashqi siyosat xizmati rahbari Kaya Kallas Bryusselda.

Keyingi qadam hujjatning Yevropa Ittifoqi Kengashi, ya’ni a’zo davlatlar va Yevropa Parlamenti tomonidan tasdiqlanishi bo‘ladi. Komissiya joriy yilning oxirigacha protsedurani yakunlashi kutilmoqda.