AQŞ Mehnat vazirligi ma’lumotlariga köra, avgustda qişloq xöjaligidan taşqari sohalarda atigi 22 mingta yangi iş örni yaratilgan. Iyul oyidagi körsatkiç esa qayta hisob-kitoblardan söng 73 mingtadan 79 mingtagaça oşirildi.
Reuters ötkazgan sörovnomaga köra, iqtisodçilar avgust oyida kamida 75 mingta iş örni yaratilişini kutgandi. Haqiqiy vaziyat esa bundan ança yomonroq bölib çiqdi.
Işsizlik darajasi esa iyuldagi 4,2 foizdan 4,3 foizgaça oşdi – bu 2021 yil oktyabrdan keyingi eng yomon körsatkiç.
Bozor reaksiyasi:
- Aksiyalar: S&P E-mini indeksi 0,45 foizga kötarildi.
- Obligatsiyalar: AQŞning 10 yillik davlat obligatsiyalari rentabelligi 10,6 bazis punktga pasayib, 4,06 foizni taşkil etdi. 2 yillik obligatsiyalar rentabelligi esa 12 punktga tuşib, 3,472 foizga yetdi.
- Valuta bozori: AQŞ dollari indeksi 0,64 foizga zaiflaşib, 97,61 darajasida savdoga çiqdi.
SimCorp investitsiya qarorlarini tadqiq qiliş böyiça boşqaruvçi direktori Melissa Brounning aytişiça, yangi iş örinlari sonining kutilganidan past bölişi va oldingi oylar körsatkiçlarining [qayta hisob-kitobdan keyin] past çiqişi iqtisodiyotning sekinlaşayotganini yaqqol körsatmoqda.
“Iş örinlari sonining kamayişi deyarli barça tarmoqlarda kuzatilmoqda. Bu esa ajablanarli emas, çunki kompaniyalar bojlar borasida noaniqlikdan xavotirda va yangi xodimlar yollaşni keçiktirmoqda.
Federal rezerv tomonidan bir emas, balki bir neça marotaba foiz stavkalarini pasaytiriş ehtimoli ortib bormoqda. Şu bilan birga, stagflyatsiya xavfi ham saqlanib qolmoqda, çunki inflatsiya hanuz jiddiy muammo bölib qolmoqda va iqtisodiy ösişning sekinlaşuvi uni jilovlay olmayapti. Agar bojlar qat’iy joriy etilganda, narxlar bir marotabalik sakraş bilan çegaralanişi mumkin edi. Ammo ular “böldi – bölmadi” şaklida davom etayotgani sababli, inflatsiyani yuqori darajada uşlab turadigan surunkali ta’sir yuzaga kelmoqda”, – deydi ekspert.
The Economic Times naşrining yozişiça













