Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesueladagi narkokartellarga zarba berish imkonini o‘rganmoqda
AQSh prezidenti Venesueladagi narkokartellarga qarshi harbiy zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi CNN. Unga ko‘ra, mamlakat ichidagi nishonlarga zarbalar kengroq strategiya doirasida amalga oshirilishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi narkokartellarga qarshi harbiy zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mamlakat ichidagi nishonlarga zarbalar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni zaiflashtirishga qaratilgan kengroq strategiya doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib CNN xabar berdi.
Shu bilan birga, jurnalistning Vashington rejim o‘zgarishini xohlaydimi, degan savoliga javob berar ekan, Oq uy rahbari: «Biz bu haqda gapirmayapmiz», dedi. «Ammo biz (Venesuela) yumshoq qilib aytganda, juda g‘alati bo‘lgan saylovlar o‘tkazgani haqida gapiryapmiz», — dedi Tramp 2024 yil iyulida ovozlarni soxtalashtirish bo‘yicha ayblovlarga ishora qilib.
So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar Karib dengizi mintaqasiga muhim harbiy kuchlarni joylashtirdi, bu Oq uyning bir qancha rasmiylariga ko‘ra, qisman Maduro uchun signal bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
15:38 / 01.07.2026