Iqtisodiyot | 08:22 / 09.09.2025
2074
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya to‘qimachilik korxonalari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

Mamlakat elchixonasi tomonidan Arikan Group kompaniyasi bilan birgalikda Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Tadbirda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Unda xalqaro va Turkiya to‘qimachilik bozorlari tahlili, mahalliy korxonalar bilan hozirgi kundagi hamkorlik aloqalari va kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Arikan Group rahbari Turkiyada to‘qimachilik sanoati ayni paytda murakkab sharoitda ekanligini qayd etib, ba’zi kompaniyalar tashqi bozorlarga o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini "relokatsiya» qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqayotganini bildirdi.

Molcem Nano kompaniyasi ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini allaqachon Toshkent viloyatidagi «Chirchiq» texnoparkiga ko‘chirgani ta’kidlandi va korxona faoliyati haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, Elif Iplik kompaniyasi O‘zbekistondan Turkiyaga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish va mahalliy korxonalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Tadbir yakunida ushbu ikki kompaniya bilan O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga ko‘ra, Arikan Group'ning R&D guruhi bilan hamkorlikda to‘qimachilik sohasida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Turkiyada o‘zbek korxonalari uchun marketing ofislarini ochish imkoniyatlari o‘rganiladi.

Davra suhbati doirasida yana bir muhim kelishuv Arikan Group hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat universiteti bilan birgalikda turkiy xalqlar milliy liboslari dizaynlariga bag‘ishlangan nufuzli biyennale tashkil etish bo‘ldi.

Shuningdek, Turkiya tomonining shu yil 9-11 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan TextileExpo xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishi uchun O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid