Apple kompaniyasi yangi iPhone 17 smartfonini taqdim etdi. U 6 yadroli A19 protsessori, kattalaştirilgan ekran va 256 Gb boşlanğiç xotiraga ega böladi.

Smartfon beşta rangda çiqariladi va qurilmani burmasdan vertikal yoki gorizontal holatda suratga olişi mumkin bölgan yangi frontal kameraga ega böladi.

Asosiy xususiyatlar: diagonali 6,3 dyuym, ekran çastotasi 120 Gs, Ceramic Shield 2, Always On Display, yorqinlik 3000 nit, 6 yadroli A19 CPU va 5 yadroli GPU. Smartfonning avtonomligi iPhone 16 ga qaraganda 8 soat köproq video.

iPhone 17 kamerasi kuçaytirildi. Ultrakeng obektiv olib taşlandi, uning örniga 2 marta kattalaştiradigan 12 Mp televik örnatildi. Asosiy sensor 48 Mp. Frontal kamera 12 dan 18 MP gaça yangilandi va sahnani aniqlaş funksiyasi qöşildi.

Rekord darajadagi yupqa iPhone Air taqdim etildi

Korpusning qalinligi atigi 5,6 mm. Şuningdek, displey ProMotion texnologiyasiga ega.

iPhone Air

Apple kompaniyasi rekord darajada yupqa bölgan iPhone Air smartfonini taqdim etdi. Korpusning qalinligi atigi 5,6 mm.

Displey ProMotion texnologiyasiga ega. Ceramic Shield oldingi modellarga qaraganda tört baravar kuçliroq. Titan ramka 80 foiz qayta işlangan materiallardan tayyorlangan. Smartfon tört xil rangda çiqariladi.

iPhone Air A19 Pro protsessorida işlaydi. Kamçiliklardan biri - unda faqat bitta kamera böladi: 48 MP aniqlik bilan. Frontal kamera ham yangi - 18 MP. Körinişidan iPhone 17 bilan bir xil.

Yana bir kamçiligi – batareya. Apple an’anaviy ravişda akkumulyator siğimini oşkor qilmaydi, lekin u kun böyi işlaydi deb ta’kidlaydi. Ammo, aftidan, bu faqat magnitli pauerbank bilan.

iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max taqdim etildi

Yangi metall kamera bloki, alyuminiy korpus va kattaroq batareya uçun juda qalin korpus.