Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinçi qismining “o” bandi quyidagi tahrirdagi “o” va “p” bandlari bilan almaştiriladi:

“o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kişining aql-idrokiga ta’sir qiluvçi boşqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etiş;
p) hokimiyat vakili bölmagan şaxs tomonidan hokimiyat vakilining xizmat kiyimi yoki hujjatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etiş”.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 209-1-moddasi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“209-1-modda. Vazirliklar, idoralar va taşkilotlar xodimlarining formali kiyim-boşini qonunga xilof ravişda kiyib yuriş, harbiy va idoraviy formali kiyimga öxşaş formali kiyim-boşni joriy etiş va ulardan foydalaniş

Formali kiyim-boş kiyib yurişi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va taşkilotlar harbiy xizmatçilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boşini, şuningdek, uşbu turdagi formali kiyim-boşining farqlovçi belgilari va (yoki) ramzlariga ega formali kiyim-boşini bunday huquqqa ega bölmagan şaxslar tomonidan kiyib yuriş – formali kiyim-boşni musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Matosining rangi, tikiliş uslubi, farqlovçi belgilari va boşqa predmetlari harbiy va idoraviy formali kiyim-boş predmetlarini takrorlovçi yoki unga öxşaş kiyim-boşni joriy etiş yoki ulardan foydalaniş – formali kiyim-boşni musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi”.