Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga keltirildi
Og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan shaxslar xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga keltirildi.
Foto: IIV
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
U Polsha hududida qo‘lga olingach va zarur tartib talablari amalga oshirilgach, keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.
Shu bilan birga, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lgan 39 nafar fuqaro deportatsiya qilindi. Ular orasida Interpol kanallari orqali o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ham bor edi.

Bu AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi o‘rtasida doimiy axborot almashinuvi va yaqin hamkorlik asosida AQSh immigratsiya xizmatlari e’tiboriga tushgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarning qo‘lga olinganining ikkinchi ijobiy misolidir.
Jinoyatchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish va sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kutib olindi.
Mavzuga oid
15:09
Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
15:56 / 02.02.2026
Polshaga Belarusdan yana havo sharlari uchib keldi
15:41 / 01.02.2026
Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gurjistondan ekstraditsiya qilindi
13:11 / 28.01.2026