Muloqot çoğida Özbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik qiliş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbirkorning aytişiça, kompaniya mamlakatda yagona töliq Malayziya rezidenti ta’sisligida ma’lumotlar markaziga (data center) asos solgan. Osiyo mintaqasida birinçilardan bölib, 2009 yilda energiya samaradorligi va ekologik toza texnologiyalarga asoslangan "yaşil" ma’lumotlar markazi faoliyatini yölga qöygan.

Mamlakatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan siyosati va strategik joylaşuvini inobatga olib, Malayziya tomoni bilan Özbekistonda ma’lumotlar markazini qurişga sarmoya kiritiş imkoniyatlari muhokama qilindi. 

"Özbekiston axborot texnologiyalari bozori va ma’lumotlar markazini quriş istiqbollarini örganib çiqiş uçun yaqin kelajakda kompaniyamiz mutaxassislaridan iborat işçi delegatsiyasining Özbekistonga amaliy safari rejalaştirilgan", – dedi u.

Basis Bay kompaniyasiga 1996 yilda tadbirkor Praba Txiagarajax tomonidan asos solingan. Kompaniya Malayziyaning axborot texnologiyalari  sohasidagi yetakçilardan biri bölib, asosan ma’lumotlar markazlari (data centers) hamda bulutli (cloud) xizmatlarni taqdim etişga ixtisoslaşgan. Hozirga kelib, kompaniya Kuala-Lumpur va uning atrofida 4 ta ma’lumotlar markaziga egalik qiladi.