Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Islomobod yo‘nalishidagi parvozlar soni oshiriladi
Shu yil 28 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo‘nalishidagi muntazam avia parvozlar sonini haftasiga ikkitaga yetkazadi.
2025 yil 28 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways AJning "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo‘nalishidagi muntazam parvozlar soni haftasiga ikkitaga yetkaziladi.
Ayni paytda Uzbekistan Airways AJ "Toshkent-Lahor-Toshkent" yo‘nalishida haftasiga ikki marta (chorshanba va juma kunlari), "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo‘nalishida esa haftasiga bir marta –shanba kuni parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Barcha yo‘nalishlarda havo kemalari yo‘lovchilar bilan to‘la holda uchmoqda, aviachiptalar esa reysdan bir necha kun oldin to‘liq sotilyapti. Shu bois, yo‘lovchilar talabini qondirish hamda mamlakatlar o‘rtasida transport aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida parvozlar soni oshirilyapti.
Yangi reyslar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, ishbilarmonlar hamkorligi hamda o‘zaro tashriflarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:08 / 12.05.2026
Pokiston poytaxtida «Bobur» bog‘i barpo etilmoqda
20:31 / 12.04.2026
Islomoboddagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar: nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
12:27 / 12.04.2026
AQSh va Eron kelishuvga erisha olmadi
13:31 / 20.02.2026