15 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudida ötkazilgan majlis qariyb 2 soat davom etdi. Oçiq sud majlisiga yuzlab fuqarolar taşrif buyurdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Iş – sudya Bobur Rahimov raisligida, qoralovçi – Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev, şuningdek, Abdulloh Sodiq boşçiligidagi advokatlar iştirokida körib çiqilmoqda.

Uçinçi sud majlisida advokat tomonidan tergovda guvoh sifatida söroq qilingan Ğayratxöja Saydaliyevni ham söroq qiliş böyiça iltimosnoma kiritildi. Guvohning oldingi sud majlislarida qatnaşgani tufayli uning körsatma berişiga ruxsat berilmadi. Advokat, şuningdek, oldingi ekspertdan köngli tölmagani sababli qöşimça ekspert sifatida Din işlari böyiça qömitaning sobiq raisi Nuriymon Abulhasanni ham söroq qilişni söradi. Uning bu sörovi ham sudya tomonidan qanoatlantirilmadi.

Sud majlisida Alişer Tursunovning özi körsatma berib, Turkiyada faoliyat olib borgan vaqtda çiqarilgan materiallari uçun Diniy qömita ruxsatini oliş zarurati bor deb öylamaganini bildirdi. Şuningdek, u öziga qöyilgan boşqa ayblovlar böyiça ham izoh hamda qarşi fikrlarini bildirdi.

Mubaşşir Ahmadning ta’kidlaşiça, uning salomatligi: qon bosimi va qand miqdori me’yorida.

Sud majlisi oxirida sudya tomonlar muzokarasi uçun tanaffus e’lon qildi. Keyingi sud majlisi 18 sentabr kuni, 17:30 ga qoldirildi.

Alişer Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça ayblov qöyilgan:

●     244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş;

●     244-1-modda: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş;

●     156-modda: Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş.

Ikkinçi sud majlisida Alişer Tursunov tomonidan ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan materiallariga tergov organining söroviga köra xulosa bergan ekspertlar qatnaşgandi. Xususan, "Renessans" universitetining siyosatşunoslik fanlari böyiça professori Odil Musayev materiallar böyiça siyosiy xulosalar bergan. Din işlari böyiça qömita Dinşunoslik ekspertizasi bölimi mutaxassisi Şahboz Nizomov esa materiallarni diniy nuqtayi nazardan baholagan.