Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy chiplar bo‘yicha mojaro fonida AQShga qarshi surishtiruv boshladi
Pekin AQSh chip ishlab chiqaruvchilariga nisbatan ikkita surishtiruv haqida e’lon qildi. Bu qaror AQShning Xitoy kompaniyalariga nisbatan yangi cheklovlariga javob bo‘ldi.
Xitoy AQShning yarimo‘tkazgichlar sektoriga qarshi ikkita surishtiruv boshladi. Ulardan biri, Xitoy Savdo vazirligi tomonidan xabar qilinganidek, Texas Instrumens va ON Semiconductor kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan interfeys va drayver chiplari, jumladan, ba’zi analog chiplarga qarshi antidemping choralari bilan bog‘liq.
Vazirlik, shuningdek, AQShning Xitoy chiplari sektoriga nisbatan «diskriminatsion harakatlari» yuzasidan alohida surishtiruv boshladi. Idoraning ta’kidlashicha, Vashingtonning eksport cheklovlari va tariflari «Xitoyning yuqori texnologiyali sanoati rivojlanishini to‘xtatuvchi va bostiruvchi omildir».
14-17 sentabr kunlari Madridda AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muhokamaning asosiy mavzulari savdo to‘siqlari, milliy xavfsizlik masalalari va TikTok ijtimoiy tarmog‘ining kelajagi bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026