Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eng ko‘p oltin qazib oluvchi mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi
Jahon bo‘ylab oltin qazib olish 2024 yilda 3600 tonnani tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan atigi yarim foizga ko‘p, deb xabar bermoqda "Dunyo" Rossiyaning "Karavan Info" axborot agentligi ma’lumotiga tayanib.
Qayd etilishicha, o‘rtacha o‘sish sur’atiga qaramay, oltinga bo‘lgan qiziqish ham sanoat, ham moliya bozorlari tomonidan yuqoriligicha qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, an’anaviy ravishda Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi, Rossiya va Avstraliya keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Kanada va AQSh ham kuchli beshlikka kirdi. O‘zbekiston eng yirik o‘nta davlat qatoridan joy oldi. Bu O‘zbekistonning jahon oltin qazib olish va savdosidagi roli ortib borayotganini tasdiqlaydi.
"Oltin qazib olish an’anaviy ravishda O‘zbekiston eksport salohiyatining asosiy yo‘nalishi bo‘lib kelgan. O‘nta yirik ishlab chiqaruvchilar qatoriga kirish iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, moliya sektorini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi", – deb yozilgan manbada.
Mavzuga oid
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:38 / 22.04.2026