18 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudida Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alişer Tursunovga nisbatan körilayotgan jinoyat işining törtinçi sud majlisi bölib ötdi. Qariyb 3 soat davom etgan oçiq sud majlisiga yuzlab fuqarolar taşrif buyurdi. Bu haqda bevosita sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Iş – sudya Bobur Rahimov raisligida, qoralovçi – Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev, şuningdek, Abdulloh Sodiq boşçiligidagi advokatlar iştirokida körib çiqilmoqda.

Törtinçi sud majlisida Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev suddan sudlanuvçini Özbekiston Jinoyat kodeksining 156-moddasi, 244-1-modda va 244-3-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir qilişda aybdor, deb topişni söradi. Xususan, prokuror Mubaşşir Ahmadga «özaro sanksiyalarni qöşiş yöli bilan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş» va «BHMning 150 barobari miqdorida jarima» qöllaşni söradi.

Advokatlar guruhi esa Alişer Tursunovdan 2 ta modda: «Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatiş» hamda «Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş» ayblovlarini olib taşlaşni söradi. Advokatlar, şuningdek materiallarni Din işlari böyiça qömita ruxsatisiz tarqatişga doir ayblovni qisman tan olib, bu harakat ijtimoiy xavfliligini yöqotganini bildirdi. Şu sababli, uni JK 70-moddasi tartibda bekor qilişni, tergov organlari rasmiylaştirib olgan texnika va aşyolarni qaytarişni söradi.

Himoyaçilar jamoasining uçala a’zosi ham jarayonda qöyilgan 3 modda böyiça ayblov tomoni va ekspertlar bilan kelişmayotgan masalalar hamda e’tirozlarini bildirdi. Şuningdek, hukm çiqarişda Mubaşşir Ahmadning salomatligi, xalq va yoşlar ilm olişidagi örni, oilada yagona boquvçi ekaniga e’tibor qaratiş söraldi. Ulamoning özi himoyaçilarining söziga töliq qöşildi.

Sudya 22 sentabr kuni ayblanuvçiga sönggi söz berilişi hamda hukm çiqariş uçun maslahatlaşuv xonasiga kirişini bildirdi.

Ma’lumot uçun, Alişer Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça ayblov qöyilgan: