Poly material kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘yicha bosh direktori Stiven Altmann-Rixer muloqot avvalida O‘zbekistonning chiqindilar sohasini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini va bu borada milliy strategiya ishlab chiqishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
Muzokaralar yakunida Poly material kompaniyasi bilan plastik mahsulotlar biodegradatsiyasi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Poly material kompaniyasi 2015 yilda Londonda ta’sis etilgan. Dunyoda birinchi bo‘lib plastik moddalarni tabiiy parchalanishga olib keladigan innovatsion texnologiya ishlab chiqqan. Kompaniya laboratoriyasi London Qirollik kolleji (London Imperial College) kampusida joylashgan.















