Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududning investitsiyaviy jozibadorligi qanday baholanadi?
Vazirlar Mahkamasining "Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
2025 yil dekabridan boshlab "Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi" elektron platformasi orqali mamlakatning ichki investitsiya iqlimini baholash joriy etiladi.
Hujjat bilan hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini baholash reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- reyting baholash yo‘nalishlari, omillar va ko‘rsatkichlar;
- operator va baholash ishtirokchilarining majburiyatlari;
- elektron platformaga ma’lumotlarni kiritish tartibi;
- reyting ko‘rsatkichlarining xususiyatlari va ularni baholash mezonlari;
- baholash natijalarini taqdim etish va ulardan foydalanish.
Elektron platforma orqali reytingni baholash 2025 yil yakunlari bo‘yicha tajriba sifatida va 2026 yildan boshlab reglamentga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Baholash jarayonida, jumladan hudud (tuman/shahar) investitsiya salohiyatini hisoblash elektron platformasiga statistik ma’lumotlarni kiritishda tuman (shahar) tadbirkorlari orasida so‘rovnomalar o‘tkazish va boshqaruv samaradorligini baholashning reyting ballarini hisoblash nazarda tutilgan.
Investitsiya salohiyati – hudud (tuman/shahar)ning mehnat, tabiiy, yer, moliyaviy, texnologik va innovatsion resurslar, shuningdek infratuzilma va raqobatbardoshlik bo‘yicha rivojlanish darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisini tashkil etuvchi reyting baholash yo‘nalishi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026