Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Keniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Keniya bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Musaliya Mudavadi bilan uchrashdi.
«Keniya bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Musaliya Mudavadi janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. –Birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kommyunike imzoladik. Keniya Afrikaning eng dinamik iqtisodiyotlaridan biri va texnologiya hamda innovatsiyalar markazi sifatida jadal taraqqiyot namoyon etmoqda.
Biz ikki xalq manfaatlariga bevosita foyda keltiradigan samarali hamkorlik imkoniyatlarining keng doirasini muhokama qildik».
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:48 / 30.03.2026