Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti NATO mamlakatlari osmonidagi Rossiya harbiy samolyotlarini urib tushirishga chaqirdi
19 sentabr kuni Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabi Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti Estoniya havo hududiga ruxsatsiz kirib kelganini ma’lum qilgandi.
Foto: CTK
Chexiya prezidenti Petr Pavel agar Rossiya harbiy samolyotlari NATOga a’zo mamlakatlar havo hududini buzib kiradigan bo‘lsa, ularni urib tushirishga chaqirdi, deb yozadi Novinky portali.
Pavelning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning bunday harakatlari Yevropadagi keskinlikni sezilarli tarzda kuchaytirmoqda.
“Ittifoqchilar adekvat tarzda, jumladan, harbiy yo‘l bilan javob qaytarishi kerak”,- dedi u.
19 sentabr kuni Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabi Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti Vayndloo oroli yaqinidagi Finlandiya ko‘rfazi uzra Estoniya havo hududiga ruxsatsiz kirib kelgani va u yerda taxminan 12 daqiqa qolganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026
O‘zbekiston va Chexiya o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
09:15 / 29.04.2026
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga keladi
11:09 / 10.03.2026