Misr vakillari O‘zbekiston paxtasi va yuqori sifatli ip-kalava hamda tayyor kiyim-kechaklarni xarid qilish istagida bildirdi.

"O‘zbekistonning ip-kalava mahsulotlarining sifati juda yuqori ekanligini yaxshi bilamiz. Shu bois, yurtimizdan xorijga eksport ko‘lamini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va chet ellik hamkorlar safini kengaytirish uchun kompaniyamiz imkoniyatlarini ishga solishga tayyormiz", – dedi Egypt Cotton kompaniyasi rahbari Sameh Muhammad.

Muloqot yakunida Baxt Textile va Egypt Cotton kompaniyalari va O‘zbekiston korxonalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda mamlakatdan mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.