Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qöşma Ştatlarga 2026 yilning 5 fevralida tugaydigan yangi Strategik hujumkor qurollarni qisqartiriş böyiça şartnoma (ŞQ-3)ga yana bir yil amal qiliş majburiyatini olişini taklif qildi. Vaşington şunday çora körsa, Rossiya şartnoma qoidalariga yana bir yil amal qilişga tayyor, dedi Putin 22 sentabr, duşanba kuni davlat televideniyesi orqali qisman körsatilgan Rossiya Xavfsizlik kengaşi a’zolari bilan uçraşuvda.

Putin, şuningdek, ŞQ-3 şartnomasining amal qiliş muddati tugaşi bilan yadroviy raketa salohiyatini töğridan töğri çeklovçi sönggi xalqaro kelişuv yöqolişini ta’kidladi. «Uşbu kelişuv merosidan butunlay voz keçiş köp jihatdan notöğri va öylanmay qöyilgan qadam böladi», dedi u.

Rossiya prezidentining sözlariga köra, u «strategik qurollaniş poygasini qözğatmaslik» va «vazminlik darajasini ta’minlaş» uçun şartnomada belgilangan status-kvoni saqlab qolişni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. «Uşbu çora Qöşma Ştatlar şunga öxşaş tarzda harakat qilsa va mavjud töxtatuvçi potensial muvozanatini buzadigan qadamlar qöymasagina samarali böladi», dedi u.

«Biz milliy tiyib turuvçi kuçlarimizning işonçliligi va samaradorligiga işonamiz, biroq ayni paytda keskinlikni va qurollaniş poygasini kuçaytirişdan manfaatdor emasmiz», — deya qöşimça qildi Putin.