Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh butun Xalqaro jinoiy sudni jazolamoqchi
Manbalarga ko‘ra, yaqin orada AQShning XJSga qarshi sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkin. Ilgari Vashington alohida sudya va prokurorlarga qarshi sanksiyalar bilan cheklanib kelgan.
Foto: Getty Images
AQSh Haagadagi butun Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 22 sentabr, dushanba kuni Reuters agentligiga olti manbaning aytishicha, yaqin orada qaror qabul qilinishi kutilmoqda. «Individual sanksiyalar vositasi tugab bo‘ldi. Endi keyingi qadam qo‘yiladimi yoki yo‘qmi, degan savol turibdi», — dedi yuqori martabali diplomatlardan biri.
Vashington avvalroq XJSning ayrim mansabdor shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etgan, ammo bu yangi choralar keskin kuchayishini anglatadi. AQSh Davlat departamenti batafsil ma’lumot bermasdan qo‘shimcha qadamlar tayyorlash rejalarini tasdiqladi.
AQSh ma’muriyati 2002 yilda tashkil etilgan sudni uzoq yillar davomida tanqid qilib keladi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio XJSni «milliy xavfsizlikka tahdid» va AQSh va uning ittifoqchisi Isroilga qarshi «huquqiy urush» vositasi deb atadi.
XJS avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant va Falastinning HAMAS harakati yetakchilarini G‘azo urushi paytida sodir etilgan jinoyatlarda ayblab hibsga olishga order bergan edi. Sud Falastinni ishtirokchi davlat deb hisoblaydi va shu asosda o‘z yurisdiksiyasini Falastin hududlarida sodir etilgan harakatlarga kengaytiradi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38