Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA va O‘zbekiston qo‘shma loyihani ishga tushirmoqda
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproq tarkibi, saqlanishi va sifatini tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligining barqaror amaliyotini rivojlantirish va tuproq sho‘rlanishini kamaytirishga qaratilgan qo‘shma tadqiqot loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda.
Foto: "Dunyo" AA
Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonda paxta-bug‘doy-makkajo‘xori almashlab ekish tizimida kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurtga boy innovatsion tabiiy mineral o‘g‘it bo‘lgan poligalitdan foydalangan holda besh yillik dala tajribasi o‘tkaziladi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, fermerlarga amaliy tavsiyalar berishi kutilmoqda.
Loyiha O‘zbekiston va AEXA o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi hamda mamlakatning asosiy ekologik muammolaridan biri – tuproq sho‘rlanishini hal etishga ham katta hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AEXA bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida 2024 yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu boradagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan edi.
Mavzuga oid
14:32 / 13.01.2026
Yangiobod va Chorkesarda yerlarni tiklash ishlari yakuniy bosqichga o‘tadi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
14:18 / 29.12.2025
ZAES yaqinida ta’mirlash davomida o‘t ochish vaqtincha to‘xtatildi
09:51 / 24.12.2025