Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk | 15:17 / 25.09.2025
5411
2 daqiqa o‘qiladi
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining vazifalari belgilandi
Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Inspeksiya – bu o‘z vakolatlari doirasida quyidagilar yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi organi:
- qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi (avtomobil yo‘llari va yo‘l sun’iy inshootlari bundan mustasno);
- ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish (xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan);
- issiqlikdan foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish hamda undan foydalanish.
Inspeksiyaning asosiy vazifalari:
- obektlarda ularning seysmik mustahkamligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlaridan foydalanishning oldini olish;
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek mulkdorlar tomonidan joylarning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishi va qayta rejalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yer osti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalanish shartlariga, shuningdek ularni qazish (burg‘ilash) qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
- iste’molchilarni ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari bilan qamrash;
- sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, davlat nazoratining to‘liq raqamlashtirilishini ta’minlash.
Mavzuga oid
14:50 / 07.02.2026
Ko‘p kvartirali uylarda to‘lovlar faqat “Mening uyim” orqali yuritiladi
16:20 / 29.01.2026
Hududlar kesimida uy-joy qurilishi: Toshkent viloyati, Xorazm va Farg‘ona peshqadam
10:23 / 28.01.2026
Yashab turgan uyini berib, ko‘chada qolganlar ham bor: Toshkentda yana bir quruvchi mijozlarini sarson qilmoqda
14:34 / 27.01.2026