Özbekiston Respublikasi yadroviy zarar uçun fuqarolik javobgarligi töğrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963 yil 21 may) qöşilmoqda. Tegişli qonun 26 sentabr kuni prezident tomonidan imzolandi.
Özbekiston bu konvensiyaga qöşilişi bilan, fuqarolik yadro obektlarida sodir bölgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uçun javobgarlikni zimmasiga oladi.
Hukumat zararni qoplaş tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalarni tan oladi.
Şuningdek, yadroviy javobgarlik rejimida yadroviy falokat yuz bergan taqdirda Özbekiston xalqiga tovon tölanişi ta’minlanadi.
Konvensiyaning asosiy maqsadi – yadroviy qurilma operatori tomonidan boşqariladigan inşootlarda sodir bölgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uçun operatorning javobgarligini, şuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlaş uçun minimal talablarni belgilaşdan iborat.
Bu xalqaro hujjatni qabul qiliş yadro energetikasi sohasida suğurta tizimi va kompensatsiya mexanizmlarini joriy etişga ham xizmat qiladi.
Bundan taşqari, Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi, agentlik dasturlari doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş işlari faollaşadi.
Uşbu konvensiyaga 50 ga yaqin mamlakat a’zo bölgan.
Eslatib ötamiz, 26 sentabr kuni Jizzaxda quriladigan kiçik AES yaqinida an’anaviy katta quvvatli AESni ham joylaştiriş böyiça Rossiya tomoni bilan bitim imzolandi.












