Toşkentdagi dökonlar va dorixonalarga şahar hokimligining Raqamli rivojlaniş departamenti ogohlantiriş xatlarini yubora boşladi.
Departament dökonning nomi yozilgan peşlavhalarni taşqi reklama deb baholayapti. Bu – Vazirlar Mahkamasining 2020 yil fevraldagi 104-sonli qarorida nazarda tutilgan. Unga köra, axborot beruvçi peşlavhalar yuzasi 1 kvadrat metrdan ortiq bölişi kerak emas. Aks holda, ular taşqi reklama deb baholanadi va belgilangan tartibda reklama joyining pasporti rasmiylaştirilib, tölov qilinişi lozim.
Kun.uz'ga murojaat qilgan tadbirkorlardan birining aytişiça, hokimiyat departamentining 23 sentabr kungi xatida “Reklama töğrisida”gi qonunning 25-moddasiga tayangan holda, pasporsiz örnatilgan taşqi reklama va axborot obektlari vakolatli organ qaroriga muvofiq demontaj qilinişi körsatilgan.
Şuningdek, idora Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi 428-son qarorini ham eslatgan. Unda xususiylaştirilgan, ijaraga berilgan yoki nodavlat taşkilotlarga tegişli bölmagan yer uçastkalari, şuningdek, xususiy mulk bölgan binolarda taşqi reklama obektlarini joylaştiriş uçun reklama joyi pasporti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylaştirilişi lozimligi belgilangan.
“Bino kiriş qismida reklama (dökon nomi nazarda tutilmoqda – tahr.) sababli faoliyatingizni töxtatib, taşqi reklama obektlarini 3 kun içida demontaj qilişingiz va amalga oşirilgan işlar haqida rasmiy axborot taqdim etişingiz söraladi”, – deyiladi xatda.
Tadbirkorlarning Kun.uz'ga aytişiça, bu talab “mini market”, “dorixona”, “göşt dökoni” kabi brend nomini körsatmaydigan peşlavhalarga ham qöllanyapti.
“Sevaras” kiyim dökoni asosçisi Sevara Salimova Instagram'dagi sahifasida u bilan ham xuddi şunday holat kuzatilganini aytgan.
“Hokimiyatdan 2 kişi kelib, ogohlantirib ketdi. Mana bu Sevaras yozuvini taşqi reklama deb baholab, pul tölaşimiz kerakligini aytişdi. Ya’ni men logotipim, nomimni qöyganim uçun har bir kvadrat metrga davlatga pul tölaşim kerak. “Minimalka” 1 kvadrat metr ekan, undan oşganiga 60 ming sömdan har oy tölov qilişim kerak ekan.












