Iqtisodiyot | 14:47 / 29.09.2025
2113
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi

“Tadbirkorlik sub’yektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilandi, jumladan:

🔸 yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
🔸 o‘rta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
🔸 avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;

2026 yil 1 yanvardan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so‘mgacha va 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladi.

Bunda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolari tadbirkorlarda band bo‘lgan xodimlarning kamida:

▪️ 5 nafarini tashkil qilganda – 2 foizgacha;
▪️ 10 nafarini tashkil qilganda – 4 foizgacha;
▪️ 20 nafarini tashkil qilganda – 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid