Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi 2 oktyabr, payşanba kuni Ukraina va Ğarb rasmiylari orasidagi manbalarga tayanib yozişiça, Rossiya özining raketa tizimlarini Amerikaning Patriot raketa tizimlari tomonidan himoyalangan Ukraina havo mudofaa tizimlariga yanada samaraliroq kirib borişi uçun özgartirdi. Sönggi oylarda Rossiyaning Ukraina dronlarini işlab çiqariş zavodlariga bergan halokatli zarbalari uşbu modernizatsiya natijalarining yorqin namunasidir.

Bu yozda Kiyev va uning atrofidagi kamida törtta dron işlab çiqaruvçi zavod jiddiy zarar kördi. 28 avgust kuni Turkiyaning Bayraktar uçuvçisiz uçoqlarini işlab çiqaruvçi korxonaga zarba berildi. FT bilan suhbatlaşgan ikki amaldorning sözlariga köra, yana ikkita raketa dron komponentlarini işlab çiqaruvçi kompaniya ofislariga qaratilgan bölişi mumkin. Ular Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini çetlab ötib, boşqa narsalar qatori Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va Britaniya kengaşining yaqin atrofdagi ofislariga zarar yetkazgan.

Naşr manbalariga köra, Rossiya 500 kmgaça uçadigan raketalarni uçiruvçi «Iskandar-M» mobil raketa tizimini, şuningdek, 480 kmgaça bölgan masofadagi nişonlarga zarba bera oladigan «Kinjal» aeroballistik raketalarini modernizatsiya qilgan. Endi raketalar dastlab oddiy trayektoriya böylab harakatlanadi, söngra tösatdan yönalişni özgartiradi va Patriot tizimi tomonidan uşlab qolişdan qoçiş uçun tik şönğiydi yoki manyovrni amalga oşiradi.

FT manbalaridan biri, sobiq ukrainalik amaldor «Rossiya foydasiga buriliş nuqtasi» bölganini e’lon qilib, Qöşma Ştatlar Patriot qurilmalarini yetkazib berişidagi keçikişlarni ham esladi.